Savdo belgisi:
Mega Full 1000®
Chiqarilish shakli: Kapsula №30, yumshoq jelatinli, shaffof, oval; kapsulalarning tarkibi o'ziga xos hidli ochiq sariqdan to'q sariq ranggacha bo'lgan shaffof yog'li eritma. Kapsula rang beruvchilarsiz, “Halol” sertifikatiga ega.
Mega Full 1000® tarkibi:
1 kapsuladagi faol moddalar: Omega - 3,6,9 454 mg 1:1:1; Ubidecarenone 50 mg;
α-tocopherol 16,7 mg. Yordamchi moddalar: jelatin – 75,44 mg.
Farmako-terapevtik guruh: Miokard metabolizmini yaxshilovchi, kardiotonik va gipolipidemik vositalar.
Код АТХ: C01EB09, C10AX
Farmakologik ta’siri:
Mega Full 1000® vitaminlar bilan kombinatsiyalangan miokardda moddalar almashinuvini va qonning reologik xususiyatlarini yaxshilovchi vosita. Mega Full 1000® кompleksi yurak, miya, ko'zlar qon tomirlari va bo'g'imlarning ishini qo'llab-quvvatlash, qonda xolesterin darajasini normallashtirish uchun mo'ljallangan.
Omega-3,6,9 – uch xil to’yinmagan yog‘ kislotalari bilan muvozanatlangan kompleks. Omega-3(baliq yog‘i) - organizmda yog’lar almashinuvining og’ir buzilishlari natijasida kelib chiqadigan giperxolesterinemiyada (qonda xolesterin miqdorining oshishi) terapevtik ta'sir ko'rsatadi, yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega. Bu zichligi kam lipoproteidlar (LDL) va zichligi juda kam lipooproteidlar (VLDL) nisbatini normallashtirishga, hujayrada membrana - retseptorlarining funktsional faolligini oshirishga yordam beradi. Lipoproteidlarning fermentlar bilan bog’lanishini, lipid-hujayra o'zaro munosabatini va lipoproteidlarning metabolizmini yaxshilaydi.
Omega-6 ning asosiy xususiyati immunitet tizimini mustahkamlashdir. Bu yog 'kislotasi, shuningdek, qondagi "zararli" xolesterin kontsentratsiyasini kamaytiradi, organizmni toksinlardan tozalaydi, yallig'lanishga qarshi qiladi, suyaklarni mustahkamlaydi, skleroz, diabet va artritning oldini oladi, qarishni jarayonini sekinlashtiradi va xotirani mustahkamlaydi.
Omega-9 glyukozaning so'rilishini va o’zlashtirilishini oshiradi, shu yo’l bilan qandli diabet va metabolik sindromning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Ayollarda ko'krak bezi saratoni rivojlanishining oldini oladi, shuningdek, immunitet tizimini mustahkamlashda ishtirok etadi. Bundan tashqari, Omega-9 qondagi xolesterin darajasini pasaytiradi va qon tomirlari devorlariga xolesterin plakchalarining cho'kishini oldini oladi, ateroskleroz rivojlanish xavfini kamaytiradi. Omega-9 to'qimalararo modda almashinuvini yaxshilash orqali organizmda surunkali yallig'lanishini xavfini kamaytiradi.
Ubidecarenone (koenzim Q10) - vitaminlarga o'xshash koenzim bo'lgan tabiiy modda. Ubidekarenon endogen substrat bo'lib, u oksidlanish-qaytarilish jarayonlarining transport zanjirida elektronlarni uzatishda, energiya almashinuvi jarayonida, hujayralar mitoxondriyalarining nafas olish zanjirida oksidlovchi fosforlanish reaktsiyalarida ishtirok etadi. Hujayra nafas olish jarayonlarida qatnashib, ATF sintezini oshiradi. Klinik jihatdan muhim antioksidantlik ta'sirga ega. Ubidecarenone hujayra membranasi lipidlarini peroksidli oksidlanishdan himoya qiladi, ishemiya va reperfuziya sharoitida miyokardning shikastlanish maydonini kamaytiradi. Ubidecarenone elektrokardiogramma ko’rsatkichlarida QT oralig'i uzayishini oldini oladi va yurakni jismoniy mashqlarga chidamliligini oshiradi.
E vitamini antioksidant faollikka ega, to'qimalarning nafas olishida va to'qimalararo moddalar almashinuvida ishtirok etadi; hujayralar va to'qimalarni ortiqcha erkin radikallar va lipidlar peroksidli-oksidlanish mahsulotlarining zararli ta'siridan himoya qiladi.
Farmakokinetikasi: Mega Full 1000® og’iz orqali qabul qilinganda organizmga yuqori darajada singish xususiyatini namoyon qiladi, asosan 12 barmoq ichak va ingichka ichakning proksimal qismidan qonga so’riladi. Cmax.ga 1 soatdan keyin erishiladi. Ubidecarenon yarim ajralish T1/2 davri 2 soat, asosan buyraklar orqali o’zgarmagan holda yoki metabolitlar ko’rinishida ajraladi.
Qo’llashga ko`rsatmalar:
• Lipidlar almashinuvi buzilishlarini kompleks davolashning bir qismi sifatida, jumladan, parhez, statinlar, antiagregantlar;
• Yurak ishemik kasalligi kompleks terapiyasida (shu jumladan miyokard infarkti - reabilitatsiya terapiyasi davri), surunkali yurak etishmovchiligi, arterial gipertenziya;
• Dislipidemiya (lipid almashinuvining buzilishi) natijasida yuzaga keladigan holatlarning oldini olish;
• Q10 koenzimi etishmovchiligining oldini olish va to'ldirish uchun;
• Sportchilarning jismoniy faolligini oshirishga moslashishni yaxshilash.
• E vitaminining gipovitaminozi.
Qo’llash tartibi:
Mega Full 1000® og’iz orqali qabul qilish tavsiya etiladi. Profilaktik maqsadlarda kattalar kuniga 1 kapsuladan 2 mahal buyuriladi; terapevtik maqsadlarda - kuniga 2 kapsuladan 2 mahal. Ovqat paytida suv bilan ichish tavsiya etiladi. Davolash kursi kamida 3 oy. Shifokor takroriy kurslarga bo'lgan ehtiyojni individual ravishda belgilaydi.
Qo`llashga qarshi ko`rsatmalar:16 yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlar; Surunkali pankreatitning qaytalanish davrida; Gepatobiliar tizim kasalliklarining o’tkir davrida; gemorragik sindromda; Mahsulot tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlikda.
Nojuya ta’sirlari: Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qabul qilishning birinchi kunlarida baliqning ta'mini his qilish mumkin.
Berilish tartibi: shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi: MCHJ “Bio Time” “Neogroupstyle” kompaniyasi uchun ekskluziv mahsulot. O`zbekistonda ishlab chiqarilgan.

