MEDI-PEEL Power Aqua Cream H8 — teringiz uchun chuqur namlantirish parvarishi!
Koreyaning MEDI-PEEL brendiga mansub Power Aqua Cream H8 — yuz terisini namlantirish va yumshatishga mo'ljallangan kundalik parvarish kremi.
Formulasi 8 xil gialuron kislotasi bilan boyitilgan. U terining namlikni saqlashiga yordam beradi, quruqlik hissini kamaytirishga va teriga yanada silliq, parvarishlangan ko'rinish berishga xizmat qiladi.
MEDI-PEEL Power Aqua Cream H8 faol komponentlari va ularning teriga ta’siri:
8 xil gialuron kislotasi kompleksi (H8):
Sodium Hyaluronate va Hyaluronic Acid: Terining eng ustki qatlamida namlikni tutib turuvchi ko‘rinmas himoya qobig‘ini hosil qiladi, suvsizlanish va qipiqlanishning oldini oladi.
Hydrolyzed Hyaluronic Acid va Hydrolyzed Sodium Hyaluronate: Past molekulyar og‘irlikka ega bo‘lib, terining o‘rta va chuqur qatlamlarigacha yetib boradi hamda ichki hujayralarni chuqur namlik bilan to‘yintiradi.
Hyaluronic Acid Crosspolymer: Uzoq muddatli namlantirish effektini beradi, terining elastikligini kun davomida bir me’yorda saqlaydi.
Sodium Acetylated Hyaluronate: Teri hujayralarining mustahkamligini oshiradi, namlik bug‘lanib ketishiga to‘sqinlik qiladi.
Potassium Hyaluronate va Hydroxypropyltrimonium Hyaluronate: Teri yuzasini silliqlaydi, unga mayinlik va namlik muvozanatini bag‘ishlaydi.
Acetyl Hexapeptide-8 (Argirelin — Peptid): “Botoks-effekt”ga ega peptid bo‘lib, yuzdagi mimik mushaklarning mikro-tarangligini yumshatadi. Dastlabki ajinlar va chiziqlar chuqurlashishining oldini oladi, terini taranglashtiradi va elastikligini oshiradi.
Niacinamide (Vitamin B3): Terining tabiiy ohangini bir xillashtiradi, xiralik va pigmentatsiyani yoritadi.
Kengaygan g‘ovaklarni toraytirishga yordam beradi hamda terining himoya to‘sig‘ini (lipid qatlamini) mustahkamlaydi.
Astaxanthin (Astaksantin): Kuchli tabiiy antioksidant (C vitaminidan bir necha barobar faol).
Erkin radikallar va tashqi muhitning zararli omillariga qarshi kurashadi, erta qarishni sekinlashtiradi va teriga sog‘lom jilo beradi.
Ko‘k gullar kompleksi (Blue Complex):Lavanda ekstrakti (Lavandula Angustifolia): Terini tinchlantiradi, antiseptik ta’sir ko‘rsatadi va qizarishlarni yumshatadi.
Romashka ekstrakti (Chamomilla Recutita): Yallig‘lanishga qarshi kurashadi, ta’sirchan terini davolaydi va uning sezgirligini pasaytiradi.
Shalfey ekstrakti (Salvia Sclarea): Teri bezlari faoliyatini normallashtiradi va regeneratsiyani tezlashtiradi.
Vasiylyok ekstrakti (Centaurea Cyanus): Shishlarni kamaytiradi, terini tetiklashtiradi va unga yorqinlik baxsh etadi.
Xiasint ekstrakti (Hyacinthus Orientalis): Terini toksinlardan tozalashga yordam beradi va elastiklikni oshiradi.
Qo‘shimcha oziqlantiruvchi va himoyalovchi moddalar:
Shi yog‘i (Shea Butter) va Asal mumi (Beeswax): Kremli kapsulalarni hosil qilib, terini yumshatadi, quruqlikdan himoyalaydi va lipid balansini tiklaydi.
Panthenol (Provitamin B5): Teridagi mikro-jarohatlarni davolaydi, tinchlantiradi va uning to‘qimalarini tiklaydi.
Adenosine (Adenozin): Kollagen ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, terining elastikligini mustahkamlaydi
Qo'llash usuli: yuzni tozalab, parvarishning oxirgi bosqichida oz miqdorda yuzga bir tekis surting. Ertalab va kechqurun foydalanish mumkin.
Hajmi: 50 g. Ishlab chiqarilgan mamlakat: Janubiy Koreya.

