Ko‘z atrofidagi terining yosh va tarangligini saqlash uchun MEDIBEAU Retinolli Vibromassajer Krem sizga ideal yordamchi bo‘la oladi. Ushbu innovatsion mahsulot parvarishlovchi kremning afzalliklari va vibromassajer funksiyasini birlashtirgan bo‘lib, ko‘z atrofidagi teri muammolariga kompleks yechim taqdim etadi. U yosh va tetik ko‘rinishni saqlashda sizning ishonchli hamrohingizga aylanadi. Krem tupi ichiga o‘rnatilgan sovuqlik beruvchi metall vibromassajer faol komponentlarning ta’sirini yanada kuchaytiradi. Yengil vibratsiya terini muloyim massaj qilib, qon aylanishi va limfa oqimini yaxshilaydi — bu esa shishlar va ko‘k doiralarning kamayishiga yordam beradi. Metallning sovutuvchi effekti esa charchoq va taranglikni oladi, parvarish jarayonini yoqimli va samaraliroq qiladi. 15 ml x 3 dona portativ format — kun davomida muntazam, qulay va samarali parvarish imkonini beradi. Krem ko‘z atrofi terisiga kompleks ta’sir ko‘rsatadi: – ko‘k doiralarni yengillashtiradi va teri rangini bir tekis qiladi; – mikrotsirkulyatsiyani yaxshilab, shishni kamaytiradi; – terining holatini umumiy ravishda sog‘lom qiladi; – muntazam qo‘llanganda yoshi bilan paydo bo‘ladigan mayda ajinlarni sezilarli darajada kamaytiradi.MEDIBEAU kremning afzalliklari:• Ingredientlarning teng taqsimlanishi — vibromassaj kremni teriga mukammal surtib, faol moddalar har bir maydonga yetib borishini ta’minlaydi. • Sovuqlik effekti — metall aplikator shishni kamaytiradi, taranglik va charchoqni oladi. • Mikrotsirkulyatsiyani kuchaytirish — vibratsiya qon aylanishini faollashtirib, shish va ko‘k dog‘larning kamayishiga yordam beradi. • Retinol ta’sirini kuchaytirish — chuqur kirishi yaxshilanib, yanada kuchli yoshartiruvchi effekt beradi. • Ajinlarni kamaytirish — muntazam qo‘llash terini tekislaydi va elastikligini oshiradi. • Teri tonusi va zichligini oshirish — komponentlar terini mustahkamlaydi va yumshoq, elastik holatga keltiradi.Faol ingredientlar:Retinol (1000 ppm) — A vitamini hosilasi bo‘lib, qarish belgilari bilan kurashuvchi eng samarali komponentlardan biridir. U hujayra yangilanishini tezlashtirib, mayda ajinlarni kamaytiradi, terining elastikligini oshiradi va kollagen ishlab chiqarilishini faollashtiradi. Glicerин va dimetikon — terida himoya qatlam yaratadi, namlikni yo‘qotmaslikka yordam beradi. Niasinamid — kollagen va elastin sintezini faollashtiradi, terining silliqligini tiklaydi va ajinlarni kamaytiradi. Karite (Shea) yog‘i — terini oziqlantiradi, yumshatadi va yaltirash beradi. Dexpantenol — tiklovchi va yumshatuvchi xususiyatga ega, qizarish va irritatsiyani kamaytiradi. Vitamin E (tokofерol asetat) — kuchli antioksidant bo‘lib, erkin radikallardan himoya qiladi va teri bar’yerini mustahkamlaydi. Allantoin va centella asiatica ekstrakti — tinchlantiruvchi, tiklovchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Arginin — qon aylanishini yaxshilab, ko‘k doiralarning kamayishiga yordam beradi. Gidrolizlangan kollagen — past molekulali tuzilma tufayli teriga chuqur kirib, uni zichlashtiradi va mustahkamlaydi. Adenozin — kollagen ishlab chiqarilishini faollashtirib, ajinlarni kamaytiradi. Letsitin — faol ingredientlarning teri qatlamlariga chuqur yetib borishini yaxshilaydi, ularning samaradorligini oshiradi. Bu kuchli komponentlar kombinatsiyasi ko‘z atrofidagi nozik teriga kompleks parvarish ko‘rsatib, ajinlar, ko‘k doiralar va shishlarga qarshi samarali kurashadi. Krem sizning har kunlik go‘zallik sirlaringizdan biriga aylanadi — tetik, yorqin va yosh ko‘rinish uchun.Qo‘llash usuli:Yuzingizni muloyim, terini quruq qilmaydigan yuvinish vositasi bilan tozalang. Keyin kremni ko‘z atrofiga surting va vibromassajer yordamida yengil massaj qiling.

