Chattandagi butun dunyo bir odamning qo‘lida — Buyuk yong‘indan keyin shaharga kelib, o‘zining yakka hukmronligini o‘rnatgan gubernatorning qo‘lida. Odamlar unga sajda qilishadi. Yana yorug‘lik bo‘lishi uchun yashashadi va ishlashadi. Yorug‘lik — ozodlik, zulmat — zindon demakdir.
Ammo bir kuni bola Pong deyarli butun umrini zulmatda o‘tkazgan Namvon qamoqxonasidan qochib ketadi va adolat, erkinlik va tenglik qonunlari Gubernator o‘rnatgan qonunlar emasligini aniqlaydi.
Va shunda u bu dunyoni o‘zgartirish vaqti keldi deb qaror qiladi.
Bu do‘stlik va adolat, insonning cheksiz imkoniyatlari, qonun va oilaviy sirlar haqidagi aql bovar qilmas va hayajonli hikoyadir.

