Kichkintoyingiz emaklashni yoki birinchi qadamlarini tashlashni boshladimi? Uy ichida xavfsiz muhit yaratish har bir ota-onaning eng birinchi vazifasidir. Stollar, tumba, shkaflar va boshqa mebellarning o'tkir burchaklari kichik yoshdagi bolalar uchun jiddiy jarohat manbai bo'lishi mumkin. Ushbu yumshoq silikon burchak nakladkalari uyingizdagi barcha otkir burchaklarni xavfsiz va yumshoq holatga keltirishga yordam beradi.
Bolalar yugurganda yoki yiqilganda boshi va tanasini qattiq burchaklarga urib olishining oldini oladi. Sifatli va shaffof materialdan tayyorlangani sababli uyingiz interyerini va mebel ko'rinishini buzmaydi. O'rnatish jarayoni juda oson va mahkam yopishadi.

