• Nomi: MBA 10 kunda: Yetakchi biznes maktablari dasturlaridan eng muhimlari
• Muallif: Stiven Silbiger
• Janri: Biznes, menejment, ta’lim
• Yosh chegarasi: 16+
• Muqova: Yumshoq
Asar MBA dasturini o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlar uchun mo‘ljallangan amaliy qo‘llanmadir. Kitobda yetakchi biznes maktablarida o‘rgatiladigan eng muhim nazariya va usullar yig‘ilgan. Unda moliya, marketing, strategik rejalashtirish va menejment bo‘yicha asosiy bilimlar tushunarli va qisqa shaklda berilgan. Muallif murakkab atamalarni sodda qilib izohlab, real biznes misollari bilan mustahkamlaydi. Kitob nafaqat tadbirkorlar va menejerlar, balki biznes sohasiga qiziqqan talabalar va mutaxassislar uchun ham foydalidir. U o‘quvchiga qisqa muddatda biznes tafakkurini rivojlantirish, tezkor qarorlar qabul qilish va menejerlik ko‘nikmalarini oshirish imkonini beradi.

