• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2025 yil.
• Tuzuvchi: Muhammadali BOLTABOYEV
• Sahifalar soni: 256
• Muqova: yumshoq.
• Til: o'zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Ushbu to‘plamdan umumta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunarga o‘rgatish texnikumlari o‘quvchilari ham foydalanishi mumkin. Eng asosiysi o‘quv markazlarida va mustaqil shug‘ullanuvchilar uchun matematikaning barcha bo‘limlaridan mavzulashtirilgan testlar keltirlgan. Har bir bob yakunida 2019–2021-yilgi DTM testlari keltirilgan.
To‘plamning 1–10 boblari “Arifmetika” ga oid misollarni, 11–16 boblari “Algebra” ga oid misollarni, 17–19-boblari “Geometriya” ga oid misollarni, 20–21 boblari esa “To‘plam va kombinatorikaga oid” misol va masalalarni o‘z ichiga oladi. Albatta 22-bob majburiy va asosiy matematikadan 9 tadan variantlardan tashkil topgan.
Mavzu bo‘yicha masalalar tiplarga ajratilgan, topshiriqlar tizimli soddadan murakkabga qarab ketma-ket berilgan. To‘plamdagi mavzularda keltirilgan dastlabki 10 ta test oliy o‘quv yurtlariga kirishdagi matematikadan majburiy testlarni yechishga tayyorlash uchun mo‘ljallangan.

