Ushbu kitobda mazhablarning islom tarixidagi o‘rni, ahamiyati va ularning ilmiy asoslari haqida so‘z yuritiladi. Muallif mazhabsizlikning qanday xatarlarga olib kelishi mumkinligini dalillar bilan tushuntirib beradi. An’anaviy fiqh maktablariga sodiq qolish va ularning yo‘nalishlaridan og‘maslik zarurligi asoslab berilgan. Islomiy ilmlar bilan jiddiy shug‘ullanayotganlar va e’tiqodiy masalalarda to‘g‘ri yo‘lni tanlashni istaganlar uchun muhim manba.

