Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining muhim asari bo‘lib, unda fiqhiy va aqidaviy mazhablarning tarixiy shakllanishi, ularning Islom ummati birligidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Kitobda sahobalar davridan boshlab to‘rt fiqhiy mazhabning paydo bo‘lishi, ularning asoschilari, ilmiy uslublari va o‘zaro ixtiloflarning sabablari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Asar, musulmonlar orasida birlikni mustahkamlash va mazhablararo tushunmovchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

