Virjiniya Vulfning “Mayoq sari” romani yozuvchining bolalik xotiralari, ota-onasiga bo‘lgan sog‘inchi va ichki kechinmalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan, avtobiografik ruhdagi asardir. Voqealar Shotlandiyaning Skay orolida joylashgan Remzilar oilasining yozgi uyida kechadi. Roman an’anaviy syujet qoliplariga bo‘ysunmaydi: unda tashqi hodisalardan ko‘ra qahramonlarning ichki olami, o‘y-xayollari va his-tuyg‘ulari “ong oqimi” uslubida nozik va chuqur tasvirlanadi. “Mayoq sari” bu, aslida, insonning o‘z qalbi sari bosib o‘tadigan ramziy yo‘lidir. Shu bois ushbu asar har bir ziyoli kitobxon uchun o‘qilishi zarur bo‘lgan nodir durdonalar safidan munosib o‘rin egallaydi.

