O‘z baxtini topish uchun safarga chiqqan kenja shahzoda uzoq yo‘l bosadi. Bir necha qirolliklardan o‘tib, bir kuni sehrli qasr qarshisidan chiqadi. Shahzoda saroyga qadam bosib, hayratdan lol qoladi. Negaki, bu yerda odamlardek kiyingan va insonlardek so‘zlashishni biladigan maymunlar yashashardi...
Aziz bolajonlar, kenja shahzoda sehrli saroyda qanday sarguzashtlarni boshidan o‘tkazganligini mazkur kitobni o‘qish orqali bilib olasiz. Shuningdek, to‘plamdan Jahon xalqlarining bir-biridan qiziqarli ertaklari o‘rin olgan. Ajoyib-u g‘aroyib sarguzashtlarga guvoh bo‘lish uchun, hoziroq mutolaani boshlang!!!

