Rang: Pushti
AfzalliklariJuda yaxshi telefon ekan, olganimdan xursand bo‘ldim 👍 Rostini aytsam, rasmdagidan ham chiroyli keldi. Korpusi qo‘lda yaxshi turadi, tashqi ko‘rinishi ham ancha qimmat telefonlarga o‘xshab ketadi. Tugmalari katta va bosishga qulay, yozish ham, raqam terish ham oson ekan. Ayniqsa yoshi kattalar uchun juda qulay deb o‘ylayman.
Ekrani ham oddiy knopkali telefonlarga qaraganda chiroyli, menyusi tushunarli va ishlatishga oson.
Telefonning orqa tomoni ham chiroyli, kamerasi bor. Korpusi mustahkam ekan metaldan ishlangan sheklli shunaqa ko’rinyapti. Zaryadlash uchun Type-C qo‘yilgani ham menga yoqdi, hozirgi zamonaviy telefonlardagidek qulay.
Qutisi ham yaxshi qadoqlangan holda keldi, ichida kerakli narsalari bor ekan. Telefonni yoqib ko‘rdim, hammasi ishlayapti. Ovozlari ham yaxshi baland ekan, tugmalari aniq bosiladi. Menimcha, qo‘ng‘iroq qilish, SMS yozish va oddiy kundalik foydalanish uchun juda yaxshi variant.
KamchiliklariYo'q
IzohNarxiga yarasha emas, undan ham yaxshiroq telefon ekan. Ko‘rinishi chiroyli, ishlatishi oson, tugmalari katta, ekrani yaxshi. Ota-onaga, buvi-buvaga yoki oddiy telefon ishlatmoqchi bo‘lgan odamga bemalol olsa bo‘ladi. Sotuvchiga ham rahmat, mahsulotni yaxshi o‘rab jo‘natishibdi. Menga juda yoqdi, umid qilamanki uzoq vaqt xizmat qiladi 😊
Sotuvchining javobi
Assalomu alaykum!
Bizning do’konimizni tanlaganingiz, qimmatli va samimiy fikringiz hamda 5 ⭐ bahoyingiz uchun chin qalbimizdan minnatdorchilik bildiramiz!
Sizning mamnunligingiz va iliq fikrlaringiz biz uchun eng katta mukofotdir. Har bir buyurtmani mas’uliyat bilan tayyorlash, sifatini tekshirish va mijozlarimizga eng yaxshi xizmatni ko’rsatish bizning asosiy maqsadimiz. Mahsulotimiz sizning kutganingizdek chiqqanini bilish esa bizni yanada ilhomlantiradi.
Siz ajratgan vaqtingizni ayamay fikr qoldirganingiz uchun alohida rahmat. Sizning izohingiz nafaqat bizni qo’llab-quvvatlaydi, balki boshqa xaridorlarga ham to’g’ri tanlov qilishda yordam beradi.
Ishonchingiz va qo’llab-quvvatlaganingiz uchun yana bir bor rahmat! Mahsulotimiz sizga uzoq yillar davomida bemalol xizmat qilsin. Kelgusida ham sizni do’konimizda mamnuniyat bilan kutib qolamiz. Sizga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, baxt va fayzli kunlar tilaymiz! 😊🤝