Ko‘pincha inson oldida “Nima bilan shug‘ullansam ekan?”, “Qayerda o‘qisam?”, “Qaysi ish menga mos keladi va qayerda o‘z salohiyatimni namoyon qila olaman?” kabi savollar paydo bo‘ladi. Bularning barchasi insonning o‘z hayotiy vazifasi va maqsadini izlash bilan bog‘liq. Bu borada Natalya Ladini tomonidan ishlab chiqilgan “Taqdir matritsasi” nomi bilan ham tanilgan “Maqsad diagnostikasi” usuli yordam berishi mumkin.
Ushbu kitobda taqdirimiz va hayotimizga ta’sir qiluvchi Olamning 22 Energiysi tasvirlangan hamda amaliy tavsiyalar berilgan. Ular yordamida siz o‘z Matritsangizni hisoblab chiqishingiz, hayotiy maqsadingizni anglab yetishingiz va shu orqali hayot yo‘lida yanada samarali hamda ongli ravishda harakat qilib, shaxsiy maqsadlarga erishish rejasini tuzishingiz mumkin bo‘ladi.

