Ushbu kitob Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla’i sa’dayn va majma’i bahrayn» («Ikki saodatli yulduzning chiqish joyi va ikki dengizning qo‘shilish joyi») nomli asarining bir qismi bo‘lib, Temuriylar davriga oid eng muhim manbalardan biridir.
Uning o‘zbek tiliga tarjima qilinib nashr etilayotgan qismida Amir Temur vafotidan to Husayn Boyqaro hukmronligining boshlanishigacha bo‘lgan davrda (1405–1470) Temuriylar davlati hududida, ayniqsa, Xuroson va Movarounnahrda ro‘y bergan asosiy tarixiy voqealar solnoma tarzida, yilma-yil bayon qilingan.
Abdurazzoq Samarqandiy o‘sha davrdagi madaniy hayot hamda Temuriy hukmdorlar va malikalarining bunyodkorlik faoliyatini tasvirlashga katta ahamiyat bergan. Shuningdek, Temuriylar davlatining Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlar bilan diplomatik aloqalarini yoritishga ham keng o‘rin ajratilgan.
Ushbu asarning nashr etilishi o‘tmish ma’naviy merosimiz muxlislarining e’tiborini qozonib, XV asrdagi Markaziy Osiyo tarixining O‘zbekistonda yanada chuqur va keng tadqiq qilinishiga katta yordam beradi, deb umid qilamiz.

