• Tuzuvchi: Lidiya Usacheva
• Sahifalar soni: 128
• Muqova: yumshoq.
• Til: rus tilida
• Format: 60*84 1/16 (A4)
• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2024 yil.
Mashg‘ulotlarini o‘yin tarzida tashkillashtirib, bolaga sanashni o‘rgatish qanday samara beradi? Umuman, qanday qilib bolada arifmetika ko‘nikmalarini rivojlantirish, unga qo‘shish, ayirish algoritmlarini, ko‘paytirish va bo‘lish amallarini bajarishni o‘rgatish mumkin?
Juda oddiy va juda oson! Bu borada qo‘lingizdagi kitob farzandlaringiz savodxonligini oshirishga imkon beradi. Muallif hatto maktabgacha yoshdagilar uchun shunday materiallarni tanlaganki, ular yordamida bolalarni qiziqtirish, matematik fikrlash asoslari va ayrim arifmetika tushunchalarini tanishtirish mumkin.
Ishchi daftar maktabgacha yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan. Topshiriqlar bolalarni rivojlantirish va maktab matematika kursini, eng avvalo, boshlang‘ich sinf arimetikasini qabul qilishga yordam beradigan propedevtiv kurs sifatida taklif etiladi.

