• А5 hajmda
• Abituriyentlar uchun
• O`quvchilar uchun
• O`qituvchilar uchun
Assalomu alaykum!
So'nggi ikki yilda ta'lim tizimimizda sezilarli darajada ozgarishlar bolayotgani ko'pchilik qatori bizni ham xursand gildi. Aynigsa, test tizimida salmoqli yangiliklar amalga oshirilmoqda. Xususan, algebra va geometriyadan bilish darajasini aniqlashda milliy sertifikat tizimining joriy gilinishi o'ziga xos yangihk boldi. Sababi bu test tizimida o quvchi endi faqat. formula va malumot yod oladigan "qoliplashgan abituriyent" emas, balki fikrlash dunyosi, hisoblash, tahlil va tangidiy fikrlash ko'nikmasi va mantiqiy fikrlash qobilyatidan ham imtihon qilinadigan boldi. Qaysidir ma'noda bu o'qurchilarimiz uchun, ularning ilmiy salohiyatini o'stirish uchun ham ijobiy o'zgarish boldi. Shu munosabat bilan nafaqat abituriyentlar uchun, balki o' qituvchilar uchun ham imtiyozlar belgilandi. Ya'ni milliy sertifikat imtihonidan yugori ball olgan ustoz va o' quvchilar ma'lum miqdorda imtiyoz va yengilliklarga ega boladigan boldi. Ammo milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanmoqchi bolganlar uchun bir nechta muammolar bor edi:
Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanish uchun tizimli bir dastur ishlab chigilmagan edi.
Tayanadigan ishonchli, maxsus qollanma yoki manba yo'q edi.
O'z bilimini tekshirish uchun milliy sertifikat testi namunasidagi sifatli, saviyasi yugori diagnostik testlar bazasi yaratilmagan edi.
Umuman olganda, ushbu muammolarga yechim bola oladigan kitob yo'q edi. Milliy sertifikat imtihonlari elon gilingandan so'ng bizga juda ko'plab murojaatlar kelib tushdi.

