• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2026 yil.
• Sahifalar soni: 256
• Muqova: yumshoq
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Ushbu «2 da 1» formatidagi nashr Matematika fanidan «Milliy sertifikat» imtihoni hamda pedagog xodimlarning Davlat attestatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rish uchun mo‘ljallangan.
«Milliy sertifikat» bo‘limi 10 ta variantdan iborat bo‘lib, har bir variant 45 ta topshiriqni o‘z ichiga oladi:
1–33 — bitta to‘g‘ri javobli yopiq test topshiriqlari;
33–36 — moslashtirishni talab qiladigan yopiq test topshiriqlari;
36–45 — qisqa javobni talab qiladigan (a va b bandlarga bo‘lingan) ochiq test topshiriqlari.
Barcha topshiriqlar mutlaqo yangi bo‘lib, o‘quvchining fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va real imtihon formatiga moslashtirilgan.
Attestatsiya bo‘limi Matematika fanidan attestatsiya test sinovlariga tayyorlanayotgan o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 10 ta variantdan iborat. Har bir variant 50 ta test savolini o‘z ichiga oladi:
1–35 — mutaxassislik (matematika);
36–40 — kasb standarti;
41–50 — pedagogika fanlariga oid savollar.
Test topshiriqlari spetsifikatsiyada ko‘rsatilgan matematika darsliklari asosida tuzilgan.
Mazkur to‘plam o‘quvchilar, abituriyentlar, matematika fani o‘qituvchilari hamda kasbiy sertifikatga tayyorlanayotgan stajyor o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, imtihon va attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tish, 70% ustama olish hamda yuqori malaka toifasiga erishishda ishonchli manba bo‘lib xizmat qiladi.

