Matematika ish daftari 5+ zukko bolajon — maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma bo‘lib, unda sanash, qo‘shish-ayirishning boshlang‘ich tushunchalari, taqqoslash va mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi topshiriqlar berilgan. Mashqlar bosqichma-bosqich murakkablashib boradi, rangli rasmlar esa bolani qiziqtiradi va o‘rganishni osonlashtiradi.

