Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma matematika fanidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, misol va masalalarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda matematik topshiriqlar bilan ishlash mahoratini shakllantirishga qaratilgan.
Qo‘llanmada matematikaning asosiy mavzulari bilan bir qatorda kombinatorika va ehtimollar nazariyasiga oid materiallar ham berilgan. Turli mavzularni takrorlash va amaliy topshiriqlarni bajarish orqali o‘quvchi o‘z bilimlarini tekshirishi, murakkabroq masalalarni yechish usullarini o‘zlashtirishi va test savollarini tez hamda to‘g‘ri bajarish ko‘nikmasini rivojlantirishi mumkin.
Kitob maktab o‘quvchilari, matematika va aniq fanlarga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari, akademik litsey va texnikum talabalari hamda oliy ta’lim muassasalariga kirishga tayyorlanayotgan abituriyentlar uchun foydali.

