Ushbu trenajyor umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Ushbu qo‘llanmaning asosiy maqsadi - matematika darslarida olingan bilimlarni mustahkamlash va ularni nafaqat nazorat yoki tekshirish ishlari paytida, balki real hayotda ham qo‘llashdan iborat.
Har bir mavzu bilimlarni mustaqil tekshirish uchun ham, turli amaliy masalalarni yechishda qo‘llash uchun ham topshiriqlarni o‘z ichiga oladi. Topshiriqlarni bajarish o‘quvchining matematik savodxonligi va funksional savodxonligini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ushbu trenajyor bilan shug‘ullanish natijasida birinchi sinf o‘quvchisi o‘z bilim darajasini mustaqil ravishda aniqlaydi, ularni qo‘llash bo‘yicha amaliy tajriba orttiradi va o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi. Ma’lum bo‘lishicha, hisob-kitoblar nafaqat o‘z-o‘zidan qiziqarli mashg‘ulot, balki juda foydali amaliy ko‘nikma ham ekan!

