• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2025 yil.
• Tuzuvchi: Abdulaziz Abdunosirov
• Betlar soni: 128
• Muqova: yumshoq.
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84x108 1/32 (A5)
Mazkur «Qonunchilik hujjatlari test to‘plami O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan qonunchilik asoslari va normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini chuqur o‘zlashtirishga qaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmadir. To‘plamda yurtimizning amaldagi qonunlari hamda boshqa normativ hujjatlar asosida ishlab chiqilgan test savollari jamlangan. Har bir test savoli amaldagi huquqiy asoslarga tayangan holda tuzilgan bo‘lib, qonunchilik normalarini to‘g‘ri talqin qilish, tahlil etish va amaliy qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Testlar mazmuni yuridik bilimlarni mustahkamlash, huquqiy tafakkurni rivojlantirish, tanqidiy tahlil qilish, qiyosiy yondashuv asosida huquqiy holatlarni baholash va qaror qabul qilish malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Testlar orqali foydalanuvchilar nafaqat huquqiy bilimlarni sinab ko‘radilar, balki mustaqil fikrlash, normativ hujjatlar bilan ishlash va ularni qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.
Mazkur to‘plam:
• Huquqshunoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari;
• Akademik litsey va kollej o‘quvchilari;
• Yuridik oliygohlari test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar;
• Davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari;
• O‘z huquqiy savodxonligini oshirmoqchi bo’lgan keng jamoatchilik vakillari uchun mo’ljallangan.
To‘plamda har bir test savoliga bir nechta javob variantlari keltirilgan bo’lib, ularning ichida faqat bittasi to‘g‘ri hisoblanadi. Javoblar oxiri to‘plam oxirida alohida keltirilgan, bu esa o‘zini o’zi tekshirish va tahlil qilish imkonini yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, ushbu test to‘plami nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki amaliy yondashuv orqali huquqiy savodxonlikni oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanuvchilarning huquqiy bilim darajasini baholash va oshirish yo‘lida bu to‘plam ishonchli va foydali qo‘llanma bo‘la oladi.

