Sharq olamining ulug‘ mutafakkiri Mavlono Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy» asarining ma’no qatlamini ochishga bag‘ishlangan sharhlar ko‘plab bitilgan. Chunki «Masnaviyi ma’naviy» majoziy uslubdagi qiziqarli va sodda hikoyalardan iborat bo‘lsa ham, ularning haqiqat qatlamini idrok etish oson kechmaydi. Shu ma’noda aytish mumkinki, mazkur asarning sharhiga asoslangan ushbu risola yurtimizda mutaassiblik va firqachilik kabi ma’naviy illatlarni anglash va tushunib yetishda o‘quvchilarga yaqindan yordam beradi.

