Mazkur jildda Rumi asarlarining falsafiy va irfoniy qatlamlari insholar, sharhlar va lug‘aviy tahlillar bilan boyitilgan. Har bob baytlardagi ma’no-mazmunni ochish uchun qadimiy manbalar va rivoyatlar keltirilgan, bu esa o‘quvchiga asarning chuqur hazminigacha yetib borish imkonini yaratadi.
Sharq olamining ulug‘ mutafakkiri Mavlono Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy» asarining ma’no qatlamini ochishga bag‘ishlangan sharhlar ko‘plab bitilgan. Chunki «Masnaviyi ma’naviy» majoziy uslubdagi qiziqarli va sodda hikoyalardan iborat bo‘lsa ham, ularning haqiqat qatlamini idrok etish oson kechmaydi. Shu ma’noda aytish mumkinki, mazkur asarning sharhiga asoslangan ushbu risola yurtimizda mutaassiblik va firqachilik kabi ma’naviy illatlarning mohiyati va kelib chiqish sabablarini anglashda o‘quvchilarga yaqindan yordam beradi.

