“Masnaviy”ni sharh bilan o‘qish o‘quvchiga yanada zavq-shavq beradi, tafakkurini kengaytiradi, Rumiy ijodiga, mumtoz adabiyotimizga qiziqishini kuchaytiradi.
Mazkur kitobni tayyorlashda birlamchi manba sifatida professor “Mehmet Demirchi”ning “Masnaviy hikayalarinden dersler” kitobi, shuningdek, “Masnaviy”ga yozilgan sharhlar Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Ahmad Yassaviy, Boborahim Mashrab, So‘fi Olloyor kabi mumtoz shoirlar, ayrim o‘rinlarda keyingi davr ijodkorlarining asarlaridan va, xususan, boy ma’naviy merosimiz bo‘lmish o‘zbek xalq maqollaridan foydalanildi. Kitobga “Naynoma” va Masnaviy hikmatlari ham ilova etildi.

