Avstriyaning atoqli adibasi, Nobel mukofoti sovrindori Elfrida Yelinekning o‘zbek tiliga ilk bor tarjima qilingan "Ma’shuqalar" romani o‘tkir va og‘riqli ijtimoiy mavzularni ko‘taradi. Syujet markazida ikki yosh ayolning qarama-qarshi taqdiri turadi: shaharlik fabrika ishchisi Brigitta va qishloq qizi Paula. Ularning ikkalasi ham bir maqsadga — turmush qurish orqali barqarorlik, maqom va oilaviy baxt illyuziyasiga ega bo‘lishga jon-jahdlari bilan intilishadi. Biroq, ularning orzulari ortida ayol ko‘pincha faqat tovar yoki vosita sifatida qabul qilinadigan jamiyatning shafqatsiz haqiqati yashiringan. Muallif o‘ziga xos qat’iy realizm va psixologik aniqlik bilan ayol qismati mavzusini yoritadi, romantik stereotiplarni buzadi va inson erkinligi hamda ichki mustaqilligining asl qadri haqida o‘ylashga undaydi

