«Mash’um aybnoma» — inson hayotining turli qirralarini aks ettiruvchi qissa va hikoyalardan tashkil topgan badiiy to‘plam. Asarlarda yolg‘izlik, ayriliq, insoniy kechinmalar, oilaviy munosabatlar, hayotdagi qiyinchiliklar va turli sinovlarga duch kelgan insonlarning taqdiri tasvirlanadi.
To‘plamdagi ayrim hikoyalarda og‘ir taqdirli insonlar hayoti yoritiladi. Jumladan, muyulishda o‘tirib qovurilgan kashtan sotadigan mayus chol, farzandi va turmush o‘rtog‘idan ayrilgan qariya hamda kuzning izg‘irinli oqshomida ikki farzandini bag‘riga bosib o‘tirgan ota haqidagi ta’sirchan hikoyalar o‘quvchini inson hayotining qadriga, mehr-oqibat va yaqin insonlarning ahamiyatiga e’tibor qaratishga undaydi.
To‘plamdan Arno Gaygerning «Quvg‘indagi keksa qirol» nomli qissasi ham o‘rin olgan. Turli mualliflarning asarlari orqali kitobxon inson xarakteri, hayotdagi tanlovlar, ruhiy kechinmalar va boshdan kechirilgan voqealarning inson taqdiriga ta’siri haqida mulohaza yuritish imkoniga ega bo‘ladi.

