Rulda ketayotganda telefoningiz pastga tushib ketishi yoki xaritani ko'rishdagi noqulayliklar asabingizni buzadimi? Diqqatni yo'ldan uzish xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.
MagSafe tizimli magnitli vakuum ushlagich (RH-28) – bu smartfoningizni doim ko'z oldingizda barqaror ushlab turuvchi va haydash jarayonini xavfsiz qiluvchi moslama. Uning yordamida telefon doim o'z joyida mustahkam turadi.
Nima foyda beradi:
- 🧲 Qattiq fiksatsiya: Kuchli magnitlar va Magsafe tizimi qurilmani hatto eng o'nqir-cho'nqir yo'llarda ham qilt etmay ushlab turadi.
- 🔄 360 daraja erkinlik: O'zingizga qulay bo'lgan ko'rish burchagini osongina moslashingiz mumkin.
- 🖐 Bir qo'lda boshqarish: Telefonni keraksiz harakatlarsiz, bir qo'l bilan osongina o'rnatish va olib tashlash imkoniyati.
- 🎯 Moslashuvchan o'rnatish: Vakuumli prisoska yordamida asboblar paneliga (torpeda) ham, old oynaga ham mustahkam qotiriladi.
Tasavvur qiling: mashinaga o'tirdingiz, telefonni xolderga yaqinlashtirdingiz va u silliq qotdi. Endi xaritani kuzatish yoki qo'ng'iroqlarga javob berish juda oson. Telefonning salonda uyoqdan-buyoqqa sirpanishi qurilma chizilishiga yoki ekran sinishiga olib kelishi mumkin. O'zingizni bu ortiqcha asabbuzarlikdan qutqaring va qulaylikni tanlang.
To'plamda keladigan maxsus metall plastinalar orqali har qanday rusumdagi smartfon modellariga mos tushadi.
Mahsulot xususiyatlari:
- Turi: Avtomobil uchun magnitli telefon ushlagichi (derjatel)
- Model: RH-28
- O'rnatish joyi: Asboblar paneli (torpeda) va old oyna
- Qotirish usuli: Kuchli vakuumli prisoska
- Qurilmani ushlab turish: MagSafe va kuchli magnit
- Aylanish burchagi: 360 daraja
- Jamlanma: Telefon ushlagich va tashqi metall plastinalar



#telefon_ushlagich #magnitli_derjatel #magsafe_xolder #avto_aksessuar #mashina_uchun_xolder #rh28

