Mashina oynasi uchun muz va qor qirg'ich qishki sovuqda muzlagan oynalarni tez va qulay tozalash uchun mo'ljallangan. Ertalab ishga shoshilayotganda oynadagi qirov, qor va yupqa muz qatlamini olib tashlash uchun bu avto aksessuar juda asqotadi.
Qirg'ichning ishchi qismi keng, shuning uchun bir harakatda oynaning katta yuzasini tozalash mumkin. Bu old oynani ham, orqa oynani ham tezroq tozalashga yordam beradi. Ishchi qirrasi to'q ko'k rangda, qolgan qismi esa ochiq ko'k rangda bo'lib, mahsulot zamonaviy va chiroyli ko'rinadi.
Tutqichi qulay shaklda, shuning uchun qo'lqop kiyib ham ishonchli ushlab ishlash mumkin. Sovuqda qo'lingizni yalang'ochlab muzni qirmaysiz.
Qirg'ich ixcham, uni mashinaning yuk bo'limida, eshik cho'ntagida yoki o'rindiq tagida olib yurish mumkin. Qish mavsumida mashina egasi uchun va amaliy yordamchi. Shuningdek, avtomobil haydovchisiga qishki sovg'a sifatida ham mos keladi.

