• Yumshoq muqova
• Sahifalar 248
• Batafzil o'qing
Uch yoshgacha bo'lgan davrda bola tarbiyasidagi eng muhim narsa - ota-onaning izchil sa'y-harakati deb o'ylayman. Ko'pincha ota-onalar farzandimizga ortiqcha qattiqqo'llik qilyapmiz, «u axir kichkina» deb bolaning aytganini qiladilar. Ota-onaning bunday xatti-harakati bola tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatmaydi.
Hech qanday fikr-mulohazalarni tushunmaydigan yosh bolaga ko'p marotaba takrorlash orqali to'g'ri xulq-atvorni singdirish haqida aytgan edim. Bola nega aynan o'zini shunday tutish kerakligini anglamaydi, ammo g'ayrishuuriy tarzda atrofda to'g'ri misollarni ko'rib insoniylikning asosiy qoidalarini o'rganadi. Shu sababli ota-ona hissiyotga berilib qoidalarni istisno qilsalar, bolaning ongida chalkashliklar paydo bo'ladi.
Farzandlar tarbiyasida ota-ona baravar ishtirok etishi shart, muhimi - vazifalarni to'g'ri taqsimlash. Birgalikda tarbiya qilishning ma'nosi ham shu, aslida.

