Alloh taoloning qudrati zohir bo‘lishiga vosita bo‘lgan pok va iffatli ayol timsoli.
Parvardigor uning duolari sabab yuksak maqomga ko‘tardi. Hali yer yuzida hech kim guvohi bo‘lmagan tarzda farzand ato etib, payg‘ambardek zotga ona bo‘lish sharfiga muyassar qildi.
Allohning bir qancha nabiylariga qarindosh bo‘lgan bu ayol uzoq yashamadi. Biroq bir inson bolasi dunyoga kelib qilishi mumkin bo‘lgan barcha ishlarni bajarib, bu dunyoni tark etdi.
Allohning qudrati bilan Iso alayhissalomni otasiz dunyoga keltirgan bu ona haqida hali uzoq vaqt so‘zlanadi.
Ushbu kitob ana shu — Maryam binti Imronning hayoti to‘g‘risida hikoya qiladi.

