Qaysi effektni tanlamang — kremsimon, marvaridsimon yoki yaltirab turuvchi — teriga mos 11 xil rangdan nafis jilo olasiz. Lablar sog‘lom va namlangan ko‘rinadi.
Yangi lab yaltiroqlari parvarish, patentlangan Unlimited texnologiyasi va lab shakliga moslab yaratilgandek qulay noyob aplikatorni o‘zida birlashtiradi.
Bir necha soniya ichida lablarga hajm va namlik baxsh etiladi. Noyob formula tarkibidagi C va E vitaminlari lab terisining himoya xususiyatlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Lablaringizga jozibali ko‘rinish bering.
• Dermatologlar tomonidan tirnash xususiyati va allergiya chaqirmasligi bo‘yicha sinovdan o‘tkazilgan
• Noyob tuzilishga ega aplikator har safar kerakli miqdordagi yaltiroqni oladi
• Har qanday vaziyat uchun 11 xil rang mavjud
Sof rang va yorug‘likni aks ettiruvchi pigmentlarning mukammal uyg‘unligi tabiiy go‘zalligingizni ta’kidlab, teriga tabiiy jilo baxsh etadi. Rumyana ishlab chiqarishdagi innovatsion matritsali texnologiya rangning yorqinligi va uzoq saqlanishini bir vaqtning o‘zida ta’minlaydi.
* Tabiiy pigmentlar
* Trenddagi ranglar
* Rangning uzoq saqlanishi
* To‘kilib ketmaydi
* Oson surtiladi
* Ranglar bir-biri bilan ajoyib uyg‘unlashadi
O‘zingiz uchun mat yoki yaltirab turuvchi rangni tanlang. Yuzga yangi va dam olgan ko‘rinish berish uchun rumyanani yonoq suyaklari yoki yonoqlarning bo‘rtib turgan qismiga surting.
Yuzingiz yanada aniq va haykaltaroshona ko‘rinishini istasangiz, rumyana bilan birga konturlovchi upa va haylayter upadan foydalaning.

