Tushning bo‘lakchalar hosil bo‘lishiga va surkalib ketishiga chidamli formulasi kipriklarga qo‘shimcha hajm beradi. Cho‘tkaning uchlari ingichkalashtirilgan va markazidagi tukchalari uzunroq qilib ishlab chiqilgani sababli u kipriklarni bir-biridan ajratadi hamda ularga hajmli ko‘rinish beradi.
Qo‘llash usuli:
• Cho‘tkani aylantirmasdan, flakondan ehtiyotkorlik bilan chiqarib oling.
• Tushni yengil harakatlar bilan yuqori kipriklarning ildizidan uchigacha surting.
• Istakka ko‘ra, cho‘tka uchini oldinga-orqaga yengil harakatlantirib, pastki kipriklarga ham surting.
• Kipriklar yanada uzun va qalin ko‘rinishi uchun birinchi qatlam qurigach, yana bir yoki ikki qatlam surting.

