Kaliy bilan yurak-qon tomir tizimi uchun kompleks. Yurak va qon aylanish tizimi faoliyatini yaxshilash uchun mo‘ljallangan. Uning asosini dolana (boyarishnik) ekstrakti va kaliy tashkil etadi — ular yurak-qon tomir va asab tizimiga ijobiy ta’siri bilan keng tanilgan.
Kaliy inson yurak-qon tomir va asab tizimi salomatligi uchun eng muhim minerallardan biridir. U yuqori qon bosimini pasaytiradi, insult xavfini kamaytiradi, buyrakda tosh paydo bo‘lishining va osteoporozning oldini olishga yordam beradi, shuningdek kalsiyning organizmdan chiqib ketishini oldini oladi. Kaliy energiya darajasini oshiradi, chidamlilik va jismoniy kuchni kuchaytiradi. Ushbu kompleksda kunlik me’yor — 4000 mg.
Dolana ekstrakti qon tomirlar spazmini bartaraf etadi, qon aylanishini kuchaytiradi, tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va uyquni yaxshilaydi. Uni infarkt yoki insultni boshdan kechirgan insonlarga, taxikardiyani kompleks davolashda, yuqori qon bosimi, qandli diabet va yurak semizligi holatlarida tavsiya etiladi. Spazmolitik va tinchlantiruvchi xususiyatga ega.
Tarkibida B guruhi vitaminlari mavjud: B1, B2, B6.
Kunlik me’yor — 9 ta tabletka. Kurs — 3 oy.

