• Batareya turi: LiFePO4
• Batareya: 3.2V / 24000mAh
• Displey: LCD Korpus materiali: Metall
• Maksimal quvvat: 100W
• Kirish 100–240V AC 50/60Hz
• Chiqishlar 1× Gigabit PoE: 24V / 1.0A yoki 48V / 0.7A 2× DC: 48V / 2.0A yoki 53V / 1.8A 1× DC: 9V / 3.0A yoki 12V / 3.0A 7× DC: 12V / 5.0A 1× DC: 5V / 2.0A 1× USB: 5V / 2.0A 1× sozlanadigan DC: 14V / 16V / 19V / 24V — 4.0A
MARSRIVA KP9 Pro tarmoq va videokuzatuv tizimlari uchun mo‘ljallangan yuqori quvvatli Mini DC UPS hisoblanadi. Qurilma elektr energiyasi uzilganda avtomatik ravishda ichki batareyaga o‘tadi va internet hamda videokuzatuv tizimlarining ishlashini davom ettiradi.
KP9 Pro modeli 76.8Wh LiFePO4 batareya bilan jihozlangan bo‘lib, uzoq xizmat muddati, yuqori xavfsizlik va ko‘p zaryad sikllarini ta'minlaydi. Maksimal umumiy chiqish quvvati 100W bo‘lgani sababli router, ONU, PoE switch, NVR, IP kamera va boshqa professional uskunalarni bir vaqtning o‘zida quvvatlantirish mumkin.
KP9 Pro modelining asosiy afzalligi — Gigabit PoE port, 48V yuqori quvvatli chiqishlar va 14V/16V/19V/24V sozlanadigan DC chiqish mavjudligidir. Shu sababli u nafaqat tarmoq qurilmalari, balki ayrim noutbuklar uchun ham mos keladi.
Old paneldagi LCD displey batareya holati va ish parametrlarini ko‘rsatadi. Qurilmada qisqa tutashuv, ortiqcha yuklanish, ortiqcha zaryad va batareya himoyasi mavjud.

