Ta’kidlash o‘rinliki, “Qadimgi turkiy til” risolasi eng qadimiy bobo imlomiz bo‘lgan “dulbarchin”da bitilmish qadim bitiklarimizni tadqiq etgan jahon turkologlari bilan bahsma-bahsiga yozilgan. Risolada turkiy tili nozik va chuqur tadqiq qilingan. Hech shubhasiz, bugungi tilshunos, adabiyotshunos, ona tilimiz taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir millatdoshimiz uchun bebaho manba, ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.
“So‘z xususida so‘z” risolasida ko‘tarilgan masalalar o‘z davrida ham, bugun ham nechog‘lik dolzarb bo‘lib turganini his etasiz.
“Bismillohning ma’nosi” nomli ixcham risola esa olam-olam ma’nolar durlaridan sochilgan nurdek qalb, ong, shuuringizni yoritadi.

