Dunyoga mashhur mutaxassis, marketingning otasi sifatida tan olingan Filipp Kotlerning ushbu kitobi millionlab menejerlar va marketologlarning stollarini bezab turibdi. Unda bugungi bozorda kompaniyaning muvaffaqiyati uchun zarur bo'lgan 80 ta samarali marketing konsepsiyasi qisqa va lo'nda tasvirlangan. Ushbu kitob nafaqat vaqt sinovidan o'tgan klassik marketing usullarining, balki so'nggi yillarda qo'llanilgan innovatsion ishlanmalarning eng yaxshi amaliyotlarini ham taqdim etadi.

