Asaxiy Books loyihasida jahon adabiyoti durdonasi — “Tom Soyerning sarguzashtlari” kitobi premyerasi!
“Tom Soyerning sarguzashtlari” — bolalik, erkinlik va haqiqiy do‘stlik haqida yozilgan, avlodlar osha o‘qilib kelayotgan jahon adabiyotining durdonasi.
Amerikalik mashhur yozuvchi Mark Tven asarlarini o‘qimagan kitobxon topilmasa kerak. Uning ijodi bolalar adabiyotining mumtoz namunalari qatoridan joy olgan va bugungi kungacha millionlab o‘quvchilarni o‘ziga rom etib kelmoqda.
Mark Tven bolalar hayotini ortiqcha bezaklarsiz, sun’iy qahramonlarsiz, ularning sho‘xligi, qiziqqonligi, samimiyligi va ba’zan qaysarligini hayotiy va ishonarli tarzda tasvirlaydi. Shu bois uning qahramonlari har bir o‘quvchiga juda tez yaqin bo‘lib qoladi.
Ushbu kitob qahramoni Tom Soyer — tinib-tinchimas, sarguzashtni sevuvchi, topqir va uddaburon bola. U oddiy kundalik voqealarni ham hayajonli sarguzashtga aylantira oladi. Ba’zan u sho‘xligi sabab muammoga duch keladi, ba’zan esa aynan shu sho‘xligi uni murakkab vaziyatlardan olib chiqadi.
Asar davomida Tom nafaqat sho‘x bola, balki mas’uliyatni his qila boshlagan, jasorat ko‘rsatishga qodir shaxs sifatida ham namoyon bo‘ladi. Bu esa kitobni nafaqat qiziqarli, balki tarbiyaviy jihatdan ham ahamiyatli ekanini anglatadi.
Mutolaa davomida siz Tom bilan birga:
Bu kitob qahramonlari sizga ham begona emas. Axir har birimizning sho‘x, tinib-tinchimas, yerga ursang, ko‘kka sapchiydigan do‘stlarimiz bor-ku. Tom Soyer, Haklberri Finn, Jo Harper kabi qahramonlar ana shunday do‘stlarimizning obrazidir. Mutolaa davomida ular orasidan o‘zingizni ham topishingizga, albatta, ishonamiz.
Kitobdan nimalarni o‘rganish mumkin?
Bu asar vaqt sinovidan o‘tgan haqiqiy klassik adabiyot bo‘lib, 9 yoshdan boshlab o‘qish mumkin. Tili sodda, ammo mazmuni chuqur bo‘lgani uchun u bolalarni ham zeriktirmaydi, kattalarda esa iliq bolalik xotiralarini uyg‘otadi.
“Tom Soyerning sarguzashtlari” — bu shunchaki bolalar uchun yozilgan kitob emas. Bu bolalikning beg‘ubor quvonchlari, erkinlikka bo‘lgan intilish, do‘stlik va jasorat haqida hikoya qiluvchi badiiy asardir. Ushbu kitob o‘quvchini shunchaki voqealar rivojiga guvoh bo‘lishga emas, balki Tom bilan birga quvonishga, xavotirlanishga, xato qilishga va to‘g‘ri xulosa chiqarishga undaydi.
“Tom Soyerning sarguzashtlari” bilan farzandingizga bilim va zavqni, o‘zingizga esa iliq va samimiy xotiralarni hadya qiling.

