Mark Tven dunyo adabiyoti namoyandalari qatorida nomi mehr bilan tilga olinadigan yozuvchilardan biridir. Adibning bolalarga atalgan har bir asari voqea-hodisalarga, qiziqarli sarguzashtlarga boyligi bilan bir qatorda ularda falsafiy mushohadaga chorlovchi o‘rinlar ham talaygina.
Eʼtiboringizga havola etilayotgan yozuvchining yirik «Tom Soyerning boshidan kechirganlari» asari mavzu va mohiyati jihatidan hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ushbu asarlarni butun dunyo bolalari sevib mutolaa qiladilar. Har bir avlod bu asarni o‘zidan keyingi avlod vakillari ham o‘qishini istaydi.
Tom sarguzashtga tola hayoti bilan o‘quvchilari mehrini qozonarkan, o‘zining tobora murakkablashib borayotgan taqdiriga ham befarq bo‘lmaslikka chaqiradi.
Hurmatli kitobxon do‘stim! Asar mutolaasidan so'ng suhbatimizni davom ettiramiz.

