Ushbu kitob Amerika Qo'shma Shtatlarida yashab ijod etgan adib Mark Tven qalamiga mansub romanning ona tilimizga tarjimon Odil Rahimiy tomonidan tarjima qilingan ko'rinishidir.
Ushbu asar "Tom Soyerning sarguzashtlari" asarining bevosita davomi bo'lib, unda asosan Tom Soyerning o'rtog'i Gekl Berri Finning va qochoq qora tanli qul Jimning sarguzashtlari bayon etiladi.
Ta'qibdan qochib do'stlar yovvoyi Missisipi kengliklari sari g'aroyib sarguzashtlarga jo'naydilar. Yo'lda qahramonlarni nihoyatda ko'p va ajoyib sarguzashtlar va uchrashuvlar kutadi.

