Mark Tven kitoblarida qahramonlar hayoti va ularning ko‘rgan-kechirganlari haqida ustalik bilan hikoya qiladi. Syujetlardagi mulohazaga boy nuqtalar va mahorat bilan ifodalangan kulguli holatlar uning asarlarini dunyo kitobxonlari uchun go‘zal ma’naviy ozuqaga aylantiradi. Muallifning hikoya va romanlari o‘quvchiga shunisi bilan yoqimliki, ularni o‘qir ekansiz o‘zingizni bevosita asar hayotida yashayotgandek yoki uning qahramonlaridan biridek his qilasiz. Asardagi voqea-hodisalar kitobxonni cho‘lg‘ab oladi, hikoyalarni o‘qib xayollar ummoniga g‘arq bo‘lasiz ulardagi hayotiy va samimiy lahzalardan bahra olasiz. Kitobdagi voqealar rivoji yengil, erkin va ba’zi o‘rinlarda esa qalbni jumbushga keltiradi. Axir, Mark Tven o‘z janrida eng yaxshi yozuvchilardan biri deb e’tirof etilishi bejizga emas !
ISBN : 9789943569164
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 704
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2021
Nashriyot : Book Media Nashr
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq
Muallif : Марк Твен

