Inson ruhiyati, sabr, va hayot ma’nosi haqida asar
Rim imperatori Mark Avreliy bu kitobni nashr uchun emas, o‘zini tarbiyalash va hayot tamoyillarini mustahkamlash uchun yozgan. Shu bois unda bezak yo‘q, faqat samimiyat, donolik va hayotiy tajriba mujassam.
Asarda vaqtning o‘tishi, taqdirni qabul qilish, adolat, insoniylik va ichki erkinlik haqida mulohazalar bayon etilgan. Mutolaa jarayonida kitob sizga befoyda iztiroblardan xalos bo‘lish, hayotning har bir lahzasini qadrlash va ruhiy tinchlikni topish yo‘lini ko‘rsatadi.

