Kechagina tug‘uruqxonadan olib kelganday bo‘lganingiz, yaqindagina birinchi sinfga yetaklab borgan o‘g‘lingiz birdan o‘zgarib qoldimi? To‘xtovsiz SMS yozadi, soatlab telefonda gaplashadi, savollarga esa gapning sirasiga to‘g‘ri kelmaydigan javoblar qaytaradimi? Diagnoz aniq! Shu o‘rinda bir latifani eslang: "Ona o‘g‘lidan yigirma yil davomida haqiqiy inson sozlashga harakat qiladi, bir qiz esa uni yigirma daqiqada ahmoqqa aylantira oladi".
Ha, adashmadingiz, siz nafaqat ayol, rafiqa va ona, balki QAYNONA bo‘ladigan kunlar ham tog‘ orqasida emas. Bu kitobni albatta o‘qib chiqishingiz kerak, chunki u yaqindagina qaynona bo‘lganlar, bu "yukini" anchadan beri elkasida ko‘tarib kelayotganlar va hayotidagi bu o‘zgarishlarni vahima bilan kutayotganlar uchun ajoyib ruhiy malham (psixoterapya) bo‘la oladi.
Balki, siz oilaning bor umidi bo‘lgan yigitni sevib qolgan landavurga aylantirgan o‘sha qizdirsiz? Unda bu kitob siz uchun ham — axir har bir qaynona qachonlardir kelin bo‘lgan. Va har bir kelin — diqqat qiling! — kun kelib qaynona bo‘lishi mumkin.

