Ushbu to'plam — nafaqat ijodiy jarayon, balki dam olish va zavqlanishning ajoyib usulidir. Sevimli personajlar (Mario va Mikki Maus) tasvirlangan yorqin rasm bolalar uchun ham, kattalar uchun ham birdek manzur bo'ladi.
Asosiy xususiyatlari:
• To'liq yopishtirish: Rasmdagi barcha qismlar yaltiroq toshchalar (rinstones) bilan to'ldiriladi, bu esa tayyor ishga hajm va ajoyib jilo beradi.
• Sifatli mato (Kanvas): Mato yuzasidagi yopishqoq qatlam juda mustahkam bo'lib, vaqt o'tishi bilan toshchalar tushib ketmaydi.
• Anti-stress ta'siri: Mozaika terish jarayoni asablarni tinchlantiradi, diqqatni jamlashni va mayda motorikani rivojlantiradi.
To'plam tarkibi:
1. Sxemali mato: Raqamlangan rangli sxema tushirilgan yopishqoq asos.
2. Rangli toshchalar (Strazlar): Har bir rang uchun alohida paketlarda (zaxirasi bilan).
3. Maxsus qalam (Stilus): Toshchalarni qulay olish va joylashtirish uchun.
4. Toshchalar uchun idish: Ish paytida strazlarni tartib bilan saqlash uchun.
5. Quruq yelim (Gelli yelim): Qalamga toshchalarni osongina yopishtirish uchun.

