• Betlar soni 64
• ISBN 9789943077607
• Qog‘oz formati A5
• Muqovasi Yumshoq
• Chop etilgan yili 2024
• Nashriyot Turon Zamin Ziyo
• Yozuv Lotincha
• Til O'zbekcha
Sevimli bolajonlar!
So'z san'atining mahsuli hisoblangan maqollar xalq og'zaki jodining kichik janri bo'lsa-da, alohida e'tibor va qiymatga ega.
Maqol" so'zi arab tilidagi gapirmoq, so'zlamoq" degan so'ndan olingan bo'lib, o'zbek tilida maqol", tojiklarda zarbulmasal", ruslarda poslovitsa", turklarda otalar so'zi" atamasi bilan yuritiladi.
Turklardagi ota so'zi'da esa ajdodlar fikrini eslash ma'nosi etakchi. Mahmud Koshg'ariyning Devonu lug'otit turk" asarida ham
say" atamasi otalar so'zini eslash tarzida keltirilgan. Maqol atamasi umumiy mazmun jihatdan so'z tushunchasi bilan bog'lanadi.
Folklorshunos olimlar maqollar va matallarni o'rganuvchi sohani paremiologiya deb atashadi. Paremiya- yunoncha chuqur ma'noli
gap, hikmatli so'z, ibora, maqol, matal ma'nosini beradi.
1987-1988 yillarda ikki jilddan iborat O'zbek xalq maqollari ning mukammal to'plami nashr etilgan. 2005 yilda ushbu to'plam qaytadan nashr etildi. Uni folklorshunos olimlar, professorlar T.Mirzaev, A.Musaqulov, B. Sarimsaqovlar tuzgan. Unga o'n uch mingga yaqin xalq maqoli kiritilgan va etmish xil mavzuga bo'lingan.
Bu xalqimizning boy madaniy merosi va so'zga bo'lgan e'tiborini ifodasidir.
Qo'lingizdagi to'plam esa shu kitobdan sizning yoshingizga mo'ljallab saralangan maqollar to'plamidir. Siz bundan maktabda adabiyot daralarida va turli mavzuda insholar yozishda foydalanishingiz mumkin. Zero, xalq og'zaki ijodi namunalari ulkan xazina bo'lib,
undan foydalansangiz, nutqingiz tavon, so'zingiz ta'sirchan bo'ladi.

