• A 40
Sevimli bolajonlar!
So'z san'atining mahsuli hisoblangan maqollar xalq og'zaki
jodining kichik janri bo'lsa-da, alohida e'tibor va qiymatga ega
Maqol" so'zi arab tilidagi gapirmoq, so'zlamoq" degan so'ndan
olingan bo'lib, o'zbek tilida maqol", tojiklarda zarbulmasal",
ruslarda poslovitsa", turklarda otalar so'zi" atamasi bilan yuritiladi
Turklardagi ota so'zi'da esa ajdodlar fikrini eslash ma'nosi
etakchi. Mahmud Koshg'ariyning Devonu lug'otit turk" asarida ham
say" atamasi otalar so'zini eslash tarzida keltirilgan. Maqol atamasi
umumiy mazmun jihatdan so'z tushunchasi bilan bog'lanadi.
Folklorshunos olimlar maqollar va matallarni o'rganuvchi sohani
paremiologiya deb atashadi. Paremiya- yunoncha chuqur ma'noli
gap, hikmatli so'z, ibora, maqol, matal ma'nosini beradi.
1987-1988 yillarda ikki jilddan iborat O'zbek xalq ma-
qollari ning mukammal to'plami nashr etilgan. 2005 yilda ushbu
to'plam qaytadan nashr etildi. Uni folklorshunos olimlar, professorlar
T.Mirzaev, A.Musaqulov, B. Sarimsaqovlar tuzgan. Unga o'n uch
mingga yaqin xalq maqoli kiritilgan va etmish xil mavzuga bo'lingan.
Bu xalqimizning boy madaniy merosi va so'zga bo'lgan e'tiborini
ifodasidir.
Qo'lingizdagi to'plam esa shu kitobdan sizning yoshingizga
mo'ljallab saralangan maqollar to'plamidir. Siz bundan maktabda
adabiyot daralarida va turli mavzuda insholar yozishda foydalanishingiz
mumkin. Zero, xalq og'zaki ijodi namunalari ulkan xazina bo'lib,
undan foydalansangiz, nutqingiz tavon, so'zingiz ta'sirchan bo'ladi.
Jamila Asqarova
folklorshunos

