Maono PD200X – RGB yoritgichli dynamic USB/XLR professional mikrofon!
O'yinlar, Twitch/YouTube strimlari hamda professional podkastlar uchun eng ommabop va sifatli yechimlardan biri! Maono PD200X studiya darajasidagi toza ovoz va zamonaviy dizaynni o'zida jamlagan.
Asosiy afzalliklari:
- Qo'shaloq interfeys (USB va XLR): Kompyuter va noutbuklarga USB orqali drayverlarsiz ulanadi. Shuningdek, XLR chiqishi orqali professional audio miksherlar va interfeyslarga ulash mumkin.
- Dinamik kapsula: Xonadagi ortiqcha akustik aks-sado, maishiy shovqinlar va klaviatura chertilishini kesib, faqat sizning ovozingizni boy va aniq yozadi.
- Maono Link ilovasi: Kompyuter yoki smartfoningizdagi dastur orqali ekvalayzer (EQ), limiter, kompressor va ovoz tembrini (Tone) qulay sozlang.
- Dinamik RGB yoritgich: Korpusdagi tugma orqali 8 xil rang rejimini o'zgartirish yoki yoritgichni to'liq o'chirish imkoniyati.
- 2-in-1 Smart g'ildirakcha: Mikrofon sezgirligi (Gain) va naushnik balandligini bir joydan turib oson boshqaring.
- Sensorli Mute tugmasi: Bitta teginish bilan mikrofonni ovozsiz rejimga o'tkazish.
- Antivibratsion паук to'plamda: Tebranishlar va stoldan chiquvchi shovqinlarni kamaytiruvchi maxsus ushlab turgich bilan birga keladi.