Manyo Pure Cleansing Oil – Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan original gidrofil tozalovchi moy bo‘lib, suvga chidamli makiyaj, SPF qoldiqlari, ortiqcha yog‘ va kundalik iflosliklarni chuqur tozalaydi. Yengil formulasi terini quritmaydi, aksincha namligini saqlab, silliq va mayin holatda qoldiradi.
Mahsulot tarkibida 14 xil tabiiy o‘simlik moylari mavjud. Zaytun, jojoba, argan, uzum urug‘i, bodom va kameliya moylari terini oziqlantirib, gözenaklarni tozalashga va qora nuqtalar sonini kamaytirishga yordam beradi.
• Suvga chidamli makiyajni tez eritadi.
• SPF va kirlarni samarali tozalaydi.
• Gözenaklarni chuqur tozalaydi.
• Qora nuqtalarni kamaytirishga yordam beradi.
• Oqartirmaydi va terini quritmaydi.
• Suv bilan aralashganda sutsimon emulsiyaga aylanadi.
• Kundalik foydalanish uchun mos.
• Barcha teri turlari, jumladan sezgir teri uchun ham mos.
• SLS/SLES va parabenlarsiz.
Qo'llash usuli: Quruq qo'l bilan quruq yuzga 2–3 marta bosib surting. Yengil massaj qiling. So'ng ozgina iliq suv qo'shib emulsiyaga aylantiring va yaxshilab yuvib tashlang.
Hajmi: 200 ml
Ishlab chiqarilgan: Janubiy Koreya.

