Ushbu asar demokratik va avtoritar davlatlar rivojining tarixiy va zamonaviy trendensiyalariga bag'ishlangan. Xususan, mualliflar XX asr boshlaridagi diktatorlarning siyosiy qiyofasi va XXI asr avtoritar raxbarlarning manipulativ evrilishini o'z ilmiy izlanishlarining markaziy mavzusi sifatida tadqiq qilishgan. Asarda klassik va manipulativ diktatorlarning boshqaruvda kuch ishlatishga bo'lgan munosabati, kiyinishi va siyosiy nutqi kabi jihatlari o'zaro qiyoslanishi natijasida olingan xulosalar asosida "modernizatsiya kokteyli" nomili yangicha ilmiy qarash ilgari suriladi. Shuningdek, manipulativ diktaturalar demokratiyalarda zaifliklar keltirib chiqarib va ulardan foydalanmasligi uchun chidamlilik yaratish yuzasidan takliflar beriladi.

