Ushbu kitobni umuman tasavvufiy asarlarni mutolaasiga kirishgan,bilishi lozim bo'lgan bir nechta muhim jihatlar mavjud. Barcha avliyolar—murshidi komillar sunniy aqida va sog'lom fiqh mazhabi bilan harakat qilib, Allohga vosil bo'ladilar. Ularning yagona dardi,ko'zlagan matlabi Alloh taolo visoli va o'ziga ergashganlarni ham unga yetishtirish edi.
Suhbatlarida o'tgan fiqhiy masalalar mutlaqo sahih ijtihoq doirasida aytilgan.Sahih bir fiqhiy mazhabdan tashqari mo'ringan ifodalar bo'lsa,uni inkor etish yo'liga o'tmasdan,izohi,talqinini anglash uchun olimlarga murojaat qilish to'g'ri bo'ladi. Suhbatlar,avvalo,suhbat bo'lib o'tgan majlisda qatnashganlarning barchasi yoki ayrimlarining ehtiyojlariga qarab amalga oshirilgan bo'lishi mumkin. Tushunish qiyin bo'lgan ifodalar suhbat bo'lib o'tgan paytdagi tinglovchilar(muridlar)ning holatini bilmaslik natijasida ham mavhumlik kasb etgan bo'lishi mumkin.

