• ISBN 9789910863158
• Qog‘oz formati A5
• Muqovasi Yumshoq
• Betlar soni 224
• Chop etilgan yili 2025
• Nashriyot Турон Замин
• Yozuv Lotincha
• Til O'zbekcha
Ijodiy jamoamiz bilan bu yilni katta loyiha - Jahon adabiyoti kutubxonasi" rukni bilan boshlashga qaror qildik. Qariyb ikki oy davom etgan mashaqqatli jarayonda yuzdan oshiq hikoyalar, o'nlab romanlar va qissalar muhokama etildi. E'tirof etish joizki, to'plangan materiallarning barchasi nashr etilish uchun eng yaxshisi bo'la olardi. Biroq ularning hammasini chop etishning imkoni boʻlmasdi. Muhokamalar jarayonida imkon qadar sara asarlarni yigirma besh kitobdan iborat to'plamlarga taqsimlab chiqishga harakat qildik. Loyihaning so'nggi kitobi uchun esa, qo'shni qirg'iz adibi asarlarini tanladik. Umid qilamizki, yurtimiz mutolaasevarlari ijodiy jamoamizning mazkur ezgu yo'ldagi kamtarin mehnatlarini munosib baholashadi!
Professor uni toʻgʻri tushunganday boʻlib, turgan joyida turib qoldi. Biroz avval oʻzining xayolidan oʻtgan soʻzlar yodiga tushdi: “Manasni ham shunday qirgʻiz qizlaridan biri tuqqan boʻlishi kerak. U xuddi shunday oddiy ayol boʻlishi ham mumkin”.
Xoʻsh, keyin-chi, keyin nima boʻladi? Hayot voqeligi va hayotiy prinsip toʻqnashgan ushbu hikoya qanday yakun topadi? Tugʻilajak bolaning holi ne kechdi? Bugungi zamondoshlarimiz oʻz xalqining maʼnaviy ildizlari bilan qanday bogʻlanadi? Bu savollarga, yaxshisi, “Manas otaning avlodi” hikoyasini oʻqib, muhtaram kitobxonlarning oʻzlari javob topganlari maʼqul.
“Fikrning aniqligi ifodaning aniqligiga zamin yaratadi” deydi fransuz adibi Gustav Flober. Men Sulton Rayev asarlarini har gal maroq bilan mutolaa qilar ekanman, bu barkamol ijod namunalaridagi ifodaning tiniq va ravshanligiga amin boʻlaman. Aslida yozuvchining mahorati ham shunda – oʻquvchi eʼtiborini asarning ilk jumlasidan tortib soʻnggi nuqtasigacha mana shunday fikriy-hissiy taranglikda ushlab tura olishda emasmi?

